“Real”ga gol ura olmagan Xesedan va Torres bilan o‘ynay olmagan Grizmanndan dubl, bugun “Sevilya” maydonga tushadi
Ispaniya La ligasining 26-turidan o‘rin olgan uchta o‘yin o‘z yakuniga yetdi.
Madridda “Valensiya”ni sinovdan o‘tkazgan “Atletiko” raqibi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvda Antuan Grizmann dubl qayd etdi.
Ma’lumot uchun, La ligada Lionel Messi 23 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi, Luis Suaresda 19 ta, Krishtianu Ronalduda esa 18 ta aniq zarba bor.
Madridda “Real” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan “Las-Palmas” o‘z maydonida “Osasuna”ga imkoniyat qoldirmadi. Xese bellashuvda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur tur bugun — 6-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Alaves” — “Sevilya” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.
Ispaniya La ligasi
26-tur
5-mart, yakshanba
Gollar: Antuan Grizmann, 10 (1:0). Kevin Gameyro, 48 (2:0). Antuan Grizmann, 83 (3:0).
Gollar: Xese, 7 (1:0). Kenan, 31 (1:1). Kenan, 37 (1:2). Marko Livayya, 55 (2:2). Unai Garsiya, 70-avt (3:2). Roku Mesa, 76 (4:2). Xese, 87 (5:2).
Gol: Raul Garsiya, 72-pen (1:0).