» » Yer yuzida ulkan o‘lik hududlar soni ortib bormoqda

Yer yuzida ulkan o‘lik hududlar soni ortib bormoqda


Yaqinda “Hi-tech” internet saytida e’lon qilingan bir ma’ruzaga ko‘ra, butun dunyoda 16.000 dan ortiq sho‘rsizlantirish zavodlari toza suvdan ko‘ra ko‘proq zaharli chiqindilarni ishlab chiqaradi. Ya’ni, bir litr chuchuk suv olish uchun bir yarim litr tuz chiqindisi ajratiladi. Keyin esa bu chiqindi okeanga yoki yerga tashlanadi.

Ishlov berilgan tuz kimyoviy moddalar (mis, xlor) ta’sirida yana ham zaharliroq bo‘lib qoladi. Yiliga 50 milliard kub metrdan ortiq hajmdagi bunday tuzlar o‘rtacha 30 santimetrli maydonni qoplash uchun yetarli bo‘ladi.

Tuzlar qirg‘oq suvlarining haroratini oshiradi va kislorod darajasini pasaytiradi. Natijada ekotizimlarda “o‘lik hududlar” hosil bo‘ladi. Organizmlar bunday sharoitlarda nafas olish qobiliyatini yo‘qotadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, dunyodagi toza suv miqdori tobora kamayib bormoqda: katta daryolar endi dengizga quyilmayapti, tabiiy suv havzalari qurib qolyapti, ifloslanish esa yerosti va yer usti suvlariga zarar yetkazyapti. Iqlim o‘zgarishi natijasida dunyo aholisining deyarli 7 foizi –  yarim milliard kishi – 20 foiz kam suv iste’mol qiladi.

Yaqinda Hind okeanida topilgan katta o‘lik hududda kislorod miqdori odatdagi suv havzalariga qaraganda 8-10 ming marta kam ekani ma’lum bo‘ldi. Kisloroddan mahrum bo‘lgan okeanning qismlari jonsiz bo‘lib qolgan. Yildan yilga bunday o‘lik hududlar soni ortib bormoqda. Bunga tuz chiqindilaridan tashqari, chiqindi suvlardan qo‘shiladigan azot-fosfor o‘g‘itlar ham aybdor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют