» » Toshkent va Andijon viloyatlarida IIB boshliqlari tayinlandi

Toshkent va Andijon viloyatlarida IIB boshliqlari tayinlandi


O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlariga yangi boshliqlarni tayinladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “Na postu” gazetasiga tayanib.

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib polkovnik Saidkarim Nishonboyev, Andijon viloyati IIB boshlig‘i etib polkovnik Shuhrat Sobirov, Andijon IIB boshlig‘i etib esa polkovnik Shuhrat Parpiyev tayinlandi.

Andijon viloyatining Shahriston tumani Ichki ishlar bo‘limiga Akmaljon Yo‘ldoshev, Marhamat tumani IIBga podpolkovnik Mahamadjon Nishonov va Isboskan tumani IIBga Bektemir Bahromov boshliq bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Baxtiyor Rajabov tayinlandi.

Qator tayinlovlar Jizzax viloyatida ham amalga oshirildi. Zarbdor tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Obidjon Sherqulov, Yangiobod tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Ilhom Sulaymonov, Zafarobod tumani IIB boshlig‘i etib esa mayor Ilhom Xo‘jamqulov tayinlandi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют