» » Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zekspomarkaz”da ko‘rgazmali seminar tashkil qildi

Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zekspomarkaz”da ko‘rgazmali seminar tashkil qildi


Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2019-yilgi soliq siyosatidagi yangiliklar mazmun-mohiyatini Toshkent shahar va Toshkent viloyati soliq to‘lovchilariga yetkazish maqsadida “O‘zekspomarkaz” majmuasida 15—18-yanvar kunlari ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Seminarda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Bojxona qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda 1080 nafar tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Soliq to‘lovchilarga soliq tizimidagi yangiliklar 90 ta stend hamda mavzuga oid 10 ta videorolik yordamida tushuntirildi. 40 turdagi jami 4600 ta bukletlar tarqatildi.

Soliq to‘lovchilardan tushgan 74 ta savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, seminarda xorijlik hamkorlar uchun alohida pavilon tashkil qilinib, unda xorijiy davlatlarning 14 ta elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Seminarda Jahon banki va Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning 2018-yildagi natijalari va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

To‘rt kunlik ko‘rgazmali seminar o‘z ishini davom ettirmoqda va unda jami 5000 ga yaqin soliq to‘lovchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Soliq to‘lovchilar tomonidan seminarlar davomida beriladigan barcha savollarga soliq.uz rasmiy saytida to‘liq javoblar taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют