» » Ozbekistonning katta qismi sayyohlar uchun xavfsiz joylar royxatiga kiritildi

Ozbekistonning katta qismi sayyohlar uchun xavfsiz joylar royxatiga kiritildi


Ozbekiston sayyohlar uchun xatar darajasi past bolgan kam sonli mamlakatlar royxatiga kirdi. Bundan International SOS global xatar boyicha tashkilot mutaxassislarining Control Risks bilan hamkorlikda tayyorlaganinteraktiv xaritasidarak bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Mutaxassislar xatarning turli jihatlarini, shu jumladan, tibbiy, umumiy va harakatlanish xavfsizligini korib chiqib, ularni besh balldan baholadilar. Xatar darajasini aniqlash uchun qollangan mezonlar har bir toifaga qarab ozgargan va batafsil izohlangan.

Tibbiy xavfsizlikda yuqumli kasallik xavfi, tibbiy yordam, atrof-muhit, dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari korib chiqildi. Umumiy xatar terrorchilar, isyon, ijtimoiy norozilik, tabiiy ofatlarni hisobga oldi. Harakatlanish xavfsizligi, mos ravishda, sayohat paytida jarohat olish xavfini nazarda tutadi.

Ekspertlar Ozbekistondagi umumiy xatarni past sifatida baholashdi (Fargona vodiysi bundan mustasno u yerda xatar darajasi baland korsatilgan). Taqqoslash uchun, Rossiya va Qozogistonning butun hududi ortacha xatar darajasiga ega joy sifatida baholanmoqda.

Finlyandiya, Norvegiya, Shveysariya, Islandiya va boshqa bir necha mamlakat bu borada eng yaxshi korsatkichlarga ega u yerda xatar katta emas. Garbiy Yevropaning qolgan qismi, shuningdek, AQSh va Avstraliyada ham xatar darajasi Ozbekistonning aksariyat qismidagi kabi past. Pokiston, Checheniston, Misr va boshqa mamlakatlarda yuqori xatar darajasi mavjud. Xatarning ekstremal darajasi Suriya, Iroq, Afgoniston va Donetskda.

Tibbiy havfsizlik masalasi boyicha bunda Ozbekistonning barcha hududi yuqori darajadagi xatarga ega joylar royxatiga kiritildi. Rossiya va Qozogistonda u tez rivojlanayotgan ozgaruvchan, Afgonistonda juda yuqori, Garbiy Yevropa, AQSh va Avstraliyada past, Sharqiy Yevropada orta daraja.

Harakatlanish xavfsizligi borasida Ozbekiston past xatarga ega mamlakatlar royxatidan joy oldi (AQSh va Portugaliya kabi). Qozogistonda xatar juda yuqori, Rossiya, Qirgiziston hamda Tojikistonda yuqori, Turkmaniston va Sharqiy Yevropada motadil, Garbiy Yevropa va Kanadada juda past.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-01-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -