» » O‘zbekistonliklar ishlash uchun Yaponiyaga borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar ishlash uchun Yaponiyaga borishi mumkin bo‘ladi


Yaponiya yangi immigratsion qonunchilik doirasida O‘zbekistonni ishchi kuchi eksportchisi mamlakatlari ro‘yxatiga qo‘shishga tayyor. Yangi qonun joriy yilning aprelidan kuchga kirishi kutilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash va mehnat vaziri Takumi Nemoto ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Yaponiyalik vazir Yaponiyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bilan muzokaralar davomida yuqoridagi bayonot bilan chiqish qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yaponiya Adliya vazirligi, TIV, Sog‘liqni saqlash va mehnat vazirligi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida stajyorlarni texnik tayyorlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

O‘zbek delegatsiyasi, shuningdek, Maslahatchilar palatasi a’zosi, “Umid” partiyasi vakili Matsuzava Shigefumi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shigefumining so‘zlariga qaraganda, Yaponiya yaqin besh yilda 350 ming xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Texnik stajyorlar dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkilot raisi Yoshio Suzuki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют