» » O‘zbekistonda qizini turli qiynoqlarga solgan shafqatsiz ona ozodlikdan mahrum etildi

O‘zbekistonda qizini turli qiynoqlarga solgan shafqatsiz ona ozodlikdan mahrum etildi


O‘zbekistonlik 26 yoshli Latofat Umarova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) yetti yoshli qizini turli qiynoqlarga solganligi uchun sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi Repost.

Latofat kichkina Luizaga tengdoshlari bilan o‘ynash uchun ko‘chaga chiqishga ruxsat bermagan, undan soatlab uxlashni talab qilgan. Qizaloq uxlay olmaganda esa uni shafqatsizlik bilan kaltaklagan. Zajigalka bilan qizcha oyog‘ini kuydirish, qo‘lini lezviye bilan tilish, kuygan oyog‘iga tuz sepish, qizning qo‘llarini bog‘lab qo‘yish kabilar ana shunday jazolash turlariga kirgan.

Latofat Umarova 18 yoshda otasi bilan urshib qolib, uyini tark etgan. Shundan so‘ng uning hayoti izdan chiqqan. Ayol vaqt o‘tishi bilan hayotiy muammolarida kichkina qizini ayblay boshlagan va undan qutulishga harakat qilgan. Uni ikki marta o‘zga ayollarga topshirgan, biroq ular qizni onasiga qaytarib bergan.

Sudda ayblanuvchi Latofatning aybi isbotlandi. Biroq sudya jinoyatning yengillashtiruvchi holatlari va ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, ayolni sakkiz oyga ozodlikdan mahrum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют