» » O‘zbekistonda 3—7 yoshli bolalarning bor-yo‘g‘i 37 foizi maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olingan

O‘zbekistonda 3—7 yoshli bolalarning bor-yo‘g‘i 37 foizi maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olingan


Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirishni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni MTMga joylashtirishdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2,5 milliondan ortiq ayni yoshdagi bola bor. Ayni damda ularning 37,4 foizi maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olingan. Bu haqda ‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar press-klubi”da “Maktabgacha ta’lim: muammo, islohot va yechim” mavzusida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.

So‘nggi yillarda davlat va xususiy MTMlar tarmog‘i sezilarli rivojlandi. 2017-yilda 5 ming 211ta MTM bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 6 ming 669 tani tashkil etdi. Shundan 5 ming 641 tasi jamoat, 639 tasi xususiy va 389 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosida ish yurityapti.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va maktabgacha ta’lim xizmatlari sohasiga biznesni jalb qilish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligi bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi. 2018-yil boshida nodavlat MTM 257ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilning oxirida ularning soni 1 ming 28 taga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют