» » Toshkentda davlat ko‘chmas mulkining ijarasi qimmatlashdi

Toshkentda davlat ko‘chmas mulkining ijarasi qimmatlashdi


Toshkent shahri hokimining 2019-yil 11-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahrida davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining minimal stavkalari tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Davlat ko‘chmas mulki jismoniy va yuridik shaxslarga alohida tartibda, ijaraga oluvchi, balans egasi va davlat mulkini ijaraga berish hududiy markazlari o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzish yo‘li bilan ijaraga beriladi.

Bunda bino va qurilmalar uchun ijara haqi stavkasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlangan minimal stavkalardan past bo‘lishi mumkin emas.

Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi ijara haqi stavkalari ijaraga oluvchining iqtisodiy faoliyati, ya’ni ijaraga olinuvchi maydondan foydalanish maqsadlariga qarab farqlanadi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda, indeksatsiya miqdori o‘rtacha 70 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют