» » Germaniyada Qur’on va azon musobaqasi o‘tkaziladi

Germaniyada Qur’on va azon musobaqasi o‘tkaziladi


Joriy yilning aprel oyida Germaniyaning Gamburg shahrida 7-Yevropa Qur’on va azon musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda International Quran News Agency’ga tayanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Gamburgdagi Islom markazi tomonidan tashkil etilayotgan musobaqa 2019-yilning 12—14-aprel kunlari o‘tkazilishi qayd etilgan.

Bu singari musobaqalarni o‘tkazishdan maqsad Qur’on ta’lim va islomiy madaniyatni yanada chuqurroq tadqiq etish, Mus’haf o‘quvchilarni rag‘batlantirish ekani aytib o‘tilgan. Musobaqa orqali qorilar va muazzinlar o‘zlariga tajriba orttirishlari ham aytilgan.

Hifz yo‘nalishida musobaqa faqat erkaklar o‘rtasida, Tartil bo‘yicha esa faqat ayollar o‘rtasida musobaqa tashkil etish aytilgan. Azon musobaqasida erkaklar ishtirok etadi.

Musobaqa ikki yosh guruhida o‘tkazilishi ma’lum qilingan. Bunda 16 yoshgacha bo‘lganlar va 16 yoshdan kattalar guruhga ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют