» » Yo‘lbarslar yaqin vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Yo‘lbarslar yaqin vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin


Yo‘lbarslar populyatsiyasi yaqin o‘n yilliklar ichida qirilib ketishi mumkin. Bu haqda Born Free xayriya tashkiloti ma’lumotlariga tayanib, Daily Mail xabar berdi.

Hayvonlar himoyachilarining xabar berishicha, so‘nggi 100 yil ichida populyatsiyaning taxminan 96 foizi qirilib ketgan. Ayni paytda yovvoyi tabiatda to‘rt mingga yaqin yo‘lbars yashamoqda. Tezlik bilan qirilib ketish brakonyerlik va yo‘lbarslar yashaydigan joylarning buzilishi oqibatida yuz bermoqda.

Tashkilot xodimlari turni saqlab qolish uchun shoshilinch ravishda harakatga kelish kerakligini ma’lum qilgan. Ular brakonyerlar bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir o‘tkazishga, yashash joylarini himoya qilishga va tabiat muhofazasi bo‘yicha aksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga umid qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют