» » Ispaniya 82,6 million sayyohni qabul qildi va navbatdagi rekordni o‘rnatdi

Ispaniya 82,6 million sayyohni qabul qildi va navbatdagi rekordni o‘rnatdi


Ispaniya qabul qilingan sayyohlar soni bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi. 2018-yilda mamlakatga 82,6 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu haqda Ispaniya sanoat, savdo va turizm vaziri Reyes Marotoga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich 2017-yil yakunlariga nisbatan 0,9 foizga yuqori.

Ispaniya qabul qilingan sayyohlar soni bo‘yicha Fransiyadan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2017-yilda Fransiyaga 87 million kishi tashrif buyurgan, 2018-yil natijalari esa hali e’lon qilinmagan.

Sayyohlar o‘tgan yili Ispaniyada jami 89,7 milliard yevro sarflagan, bu esa 2017-yilga nisbatan 3,1 foiz ko‘proq hisoblanadi. Har bir sayyoh o‘rtacha 1082 yevro sarf qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют