» » Ukraina yangi millionerlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biriga aylandi

Ukraina yangi millionerlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biriga aylandi


Ukraina 2023-yilda boyligi bir milliondan 30 million dollargacha bo‘ladigan kishilarning soni ko‘proq o‘sishi kutilayotgan mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi. Bu haqda Wealth-X konsalting kompaniyasi ma’lum qildi.

Ukraina ro‘yxatning o‘ninchi qatorida joylashgan bo‘lib, kutilayotgan o‘sish darajasi 9,2 foizni tashkil qiladi. Ro‘yxatda Nigeriya 16,3 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindan to‘qqizinchi o‘ringacha bo‘lgan joylarni Misr, Bangladesh, Vyetnam, Polsha, Xitoy va Keniya, Hindiston va Filippin egallagan.

2018-yilning yakuni holatiga ko‘ra, dunyoda boyligi bir milliondan 30 million dollargacha bo‘lgan 22,4 million kishi yashaydi. Bu odamlar jami 61,2 trillion dollarga egalik qiladi. Ular High Net Worth deb ataladi. Ularning katta qismini, ya’ni 89,3 foizini boyligi 1—5 million dollar bo‘lgan kishilar tashkil qiladi. Bir foizdan kamrog‘i esa 20—30 million dollar miqdoridagi boylikka ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют