» » Ispaniya Kubogi. “Real” yutqazdi, ammo keyingi bosqichga chiqdi, “Atletiko” esa musobaqani tark etdi

Ispaniya Kubogi. “Real” yutqazdi, ammo keyingi bosqichga chiqdi, “Atletiko” esa musobaqani tark etdi


16-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/8 finali bosqichi doirasida 3 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Diyego Simyone boshqaruvidagi “Atletiko” klubi o‘z uyida “Jirona” jamoasini qabul qildi. O‘yin 3:3 hisobida yakuniga yetdi.

Bellashuvning 12-daqiqasida Nikola Kalinich Diyego Godin uzatmasini golga aylantirdi va hisobni ochdi (1:0). 37-daqiqaga kelib, Valeri Fernandes madridliklar darvozasiga gol urdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 59-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Kristian Stuani jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Anhel Korrea hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. 84-daqiqada Antuan Grizmann raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 88-daqiqada “Jirona” klubi hujumchisi Seydu Dumbiya jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (3:3).

2 ta o‘yin natijasiga ko‘ra “Jirona” mehmonda urilgan gollar evaziga musobaqaning yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Sevilya” o‘z maydonida “Atletik Bilbao” klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:1). Yagona kiritilgan golga “Atletik” jamoasi hujumchisi Gorka Guruzeta mualliflik qildi (77).

Shunga qaramay, “Sevilya” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Atletik Bilbao” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning 1/4 finaliga yo‘l oldi.

Javob uchrashuvida Madridning “Real” klubi “Leganes” uyiga safar qildi. Dastlabki o‘yinda yirik hisobda (3:0) g‘alaba qozongan madridliklar 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Leganes” hujumchisi Martin Breytueyt 30-daqiqada Keylor Navas darvozasini ishgol qildi.

“Qirollik klubi” umumiy hisobda “Leganes”ni yengdi (3:1) va musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahslari

16-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 – 12 Kalinich, 1:1 – 37 Fernandes, 1:2 – 59 Stuani, 2:2 – Korrea, 3:2 – Grizmann, 3:3 – 88 Dumbiya.

Gol: 0:1 – 77 Guruzeta.

Gollar: 1:0 – 30 Breytueyt

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют