» » Makron Brexit bo‘yicha yangi muzokaralar bo‘lmasligini ma’lum qildi

Makron Brexit bo‘yicha yangi muzokaralar bo‘lmasligini ma’lum qildi


Fransiya rahbari Emmanuel Makron Brexit shartlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniya bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno qildi. Bu haqda “Korrespondent” xabar berdi.

“Bir yoki ikki bo‘limni yaxshilash mumkin, ammo men bunga unchalik ishonmayman, chunki biz shartnoma tuzish uchun maksimal imkoniyatlarni ishga soldik, Britaniyaning ichki muammosini hal qilish uchun yevropaliklar manfaatini himoya qilishdan voz kechmaymiz”, — deydi Fransiya rahbari.

Uning fikriga ko‘ra, qirollikning YeIdan kelishuvsiz chiqishidan birinchi navbatda britaniyaliklarning o‘zi yutqazadi.

Avvalroq, Britaniya parlamenti deputatlari Bosh vazir Tereza Mey Bryussel bilan kelishgan Yevropa Ittifoqidan chiqib ketish rejasini inkor etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 25-noyabrida Bryusselda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitda 27 davlat va hukumat rahbarlari Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risida avval qabul qilingan 585 sahifalik kelishuvni ma’qulladi.

Uchrashuvda Bryussel va London o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi siyosiy deklaratsiya imzolandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buyuk Britaniya 73 kundan keyin Yevropa Ittifoqini tark etishi lozim. Biroq, Yevropa Ittifoqi rahbarlari, agar mavjud shartnoma Londonda qabul qilinmasa, Bryussel aslo yon bermasligini va Brexit kelishuvsiz o‘tishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют