» » Farg‘onada elektr ta’minoti korxonasi tomonidan marhum fuqaro nomiga qarzdorlik yozildi

Farg‘onada elektr ta’minoti korxonasi tomonidan marhum fuqaro nomiga qarzdorlik yozildi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida marhum fuqaro nomiga qarzdorlik yozish holati qayd etildi, deb xabar berdi O‘zA.

Tumandagi “Navro‘z” MFYga qarashli Jaloyer qishlog‘ida yashovchi Sh.Mamajonov tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirib berishni so‘rab, tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi nomiga ariza bilan murojaat qildi. Iste’molchining arizasi viloyat hududiy elektr korxonasi direktori O. Jalilov ogohligida tuman elektr ta’minoti korxonasining energiya sotish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sattorov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari asosida o‘rganib chiqildi.

Arizada keltirilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasining energiya sotish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Sattorov, mahalla mutaxassisi D. Valiyeva va tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari Sh. Mamajonov xonadoniga borib vaziyatni o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi 5 231 049 abonent raqamidan foydalanib kelayotganligi, hisoblagich ko‘rsatkichi 1276 kilovatt, davlat muhri ham joyida ekan.

“Shuningdek, o‘rganish jarayonida tuman elektr ta’minoti korxonasi PK-uchyot hisoblash dasturida Sh. Mamajonovning otasi Shokirjon Mamajonovga 5 231 013 abonent kartasi ochilgan bo‘lib, ushbu baza hozirgi kunga qadar ishlab kelayotgani ham aniqlandi. Aslida esa arizachining otasi 2000-yil 18-aprelda vafot etgan.

Shunday bo‘lishiga qaramay, bu fuqaroga 2011-yildan buyon SMS xabar kiritilganligi hamda elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlik 958 055 so‘mni tashkil qilganligi ajablanarli.

Ushbu holat atroflicha o‘rganilib, iste’molchi Sharofiddin Mamajonovning otasi vafot etganligi hamda uning tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan tuzgan shartnomasi va xonadon egasining shaxsi aniqlanmaganligi sababli iste’molchiga hisoblangan 958 055 so‘m qarzdorlik bartaraf qilindi”, — deyiladi xabarda.

O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgan tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlariga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют