» » Osiyo Kubogi—2019. O‘zbekiston guruh g‘olibligi uchun Yaponiya bilan jang qiladi

Osiyo Kubogi—2019. O‘zbekiston guruh g‘olibligi uchun Yaponiya bilan jang qiladi


17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining 3-turi doirasida so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya termasi bilan guruh birinchiligi uchun kurash olib borsa, 2-turda O‘zbekistonga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan (4:0) Turkmaniston termasi Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlarga Toshkent vaqti bilan 18:30 da start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Yaponiya terma jamoalari guruhda 1—2-o‘rinlarni band qilib, pley-offga muddatidan avval chiqqan.

“E” guruhida musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni termasi Qatar terma jamoasi bilan jang qilsa, mazkur guruhning ikkinchi bellashuvi Livan va KXDR terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yinlar soat 21:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Qatar va Saudiya terma jamoalari 2 tur natijasiga ko‘ra, guruhda 6 ochko to‘plab, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Osiyo Kubogi

3-tur bahslari

17-yanvar, payshanba

“F” guruhi

“E” guruhi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют