» » Oqqonga chalingan Sarvinoz yaxshilar ko‘magi bilan tuzalib ketishi mumkin

Oqqonga chalingan Sarvinoz yaxshilar ko‘magi bilan tuzalib ketishi mumkin


2014-yil 16-yanvarda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan Sarvinoz Norboyevaga chuqur limfoblastik leykoz, 1-faol davri tashxisi qo‘yilgan. U hozirda poytaxtdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi 1-bolalar bo‘limida davolanib kelmoqda.

Joriy 2018-yilning may oyida Sarvinozning limfa bezlari shishib mazasi qochadi. Jizzaxda unga tuberkulyoz deb tashxis qo‘yishadi. Shifokorlar bu mening kasalim emas, deya aniq tashxis qo‘ya olishmagan.

Oila qizcha bilan rosa sarson bo‘lishgan. Ikki oydan so‘ng uni qayta tekshiruvdan o‘tkazishgan. Bu safar unga leykoz tashxisi qo‘yilgan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra 2018-yilning 18-avgust kuni tahlil topshirilganida, qonda oq qon donachalari ko‘p ekani haqida ma’lum bo‘lgan.

Oila uyidagi bor mablag‘ni sarflab bo‘lgan. Hozirda bolasini davolatish masalasida ancha qiyinchilikka duch kelgan. Hatto yashab turgan uyini ham sotmoqchi bo‘lishgan. Lekin uyda ulardan tashqari oila boquvchisining ota-onasi ham yashaydi. Boshqa boradigan joylari qolmagan.

“Dorilari, ijara haqi juda qimmat. Kurslarni davom ettirishga bizning imkoniyatimiz yetmayapti, shuning uchun saxovatpesha insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘lyapmiz. Yaxshi insonlar ko‘magiga muhtojmiz”, — dedi ko‘zlarida yosh bilan onasi Nurxon Lapasova.

Hozirda Sarvinoz ikkinchi kurs kimyoviy muolajalarni boshdan o‘tkazmoqda. Navbatda tugallanmagan 12 ta kurs bor. Bu kurslarni o‘tash uchun moddiy taminotdan juda katta mablag‘ talab etiladi. Kurslarni davom ettirishga, dorilarni olishga oilaning iqtisodiy ahvoli nochorligi to‘sqinlik qilmoqda.

Oila qarzlari ko‘pligi sababli narxi juda qimmat bo‘lgan dori-darmonlarni olishga juda qiynalmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, aziz vatandoshlar Sarvinozning sog‘ayib ketishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Imkon qadar xolis moddiy yordam ko‘rsataylik.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Otasi Alisher Toshboyev nomiga ochilgan plastik karta raqami:

Click/PayMe: 8600-0417-8328-8922 (Agrobank)

Pasport ma’lumotlari: Alisher Toshboyev

Pasport raqami: AB 9914950

Telefon: +99893 293 82 72 (Otasi Alisher Toshboyev)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют