» » Achchiq oziq-ovqatlar foydalimi?

Achchiq oziq-ovqatlar foydalimi?


Achchiq oziq-ovqatlar ko‘pgina foydali xususiyatlarga egadir. Birinchi navbatda ular jigarning sog‘lom faoliyati uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Jigar organizmni tashqi muhit va ovqatlar orqali kelib tushadigan zaharli moddalardan tozalashga yordam beradigan eng muhim a’zolardan biri hisoblanadi.

Achchiq sabzavotlar va o‘tlar tarkibidagi fitonutriyentlar xolesterin va yog‘larni chiqarishda, qonni tozalashda va gormonlarni muvozanatlashda jigarga yordam beradi.

Bundan tashqari, achchiq mahsulotlar ovqatlarning hazm qilinishiga va parchalanishiga yordam beradigan me’da shirasi ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.

Bo‘linmagan achchiq o‘tlar ham vitaminlar va minerallarga juda boy bo‘ladi.

Masalan, rukkola tarkibi tiamin, riboflavin, B6 vitamini, pantoten kislota, rux va mis, tolalar, A, C, K vitaminlari, foli kislotalari, kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy va marganets kabi elementlardan tashkil topgan.

Achchiq oziq-ovqatlar bemajollik va lanjlikni yengishga, salbiy xolesterin darajasini kamaytirishga va gormon bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yordam beradi.

Siz, balki o‘zingiz bilmagan holda ko‘pgina achchiq oziq-ovqatlarni iste’mol qilayotgan bo‘lishingiz mumkin. Brokkoli karami, ismaloq, qoqi o‘ti, kakao kukuni, kinza va rukkola — eng ko‘p tarqalgan va eng foydali achchiq oziq-ovqatlar hisoblanadi.

Agar siz qahva, spirtli ichimliklar kabi achchiq ta’mlarga o‘ch bo‘lsangiz, demak bu hali yetarlicha sog‘lom “achchiqlar”dan bahramand bo‘lmaganingiz belgisidir.

Achchiq oziq-ovqatlardan ko‘proq foyda olish uchun ularni organizmni tozalovchi va jigar faoliyatini faollashtiruvchi C vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan birga iste’mol qilishga harakat qiling.

Manba: “Live-up.co”

Опубликовано: admin (6-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют