» » OAV: Tramp va Kim Chen o‘zaro maktub almashdi

OAV: Tramp va Kim Chen o‘zaro maktub almashdi


Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi bo‘lim mudiri Kim Yen Chxol AQShga safari davomida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llagan maktubini yetkazadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

CNN manbalariga ko‘ra, Kim Yen Chxol maktubni 18-yanvar kuni Vashingtondagi muzokaralari chog‘ida topshiradi. U prezident Tramp va davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashishi bildirilmoqda.

Kim Yen Chxol Vashingtonda Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli etish va AQSh hamda KXDR yetakchilarining ikkinchi sammitini tashkillash masalarini muhokama etishi kutilmoqda.

Oldinroq CNN telekompaniyasi Tramp o‘tgan haftada Kim Chen Inga maktub jo‘natganini xabar qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют