» » O‘zbekistonda Milliy gvardiya sport maktabiga qabul qilish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda Milliy gvardiya sport maktabiga qabul qilish tartibi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Mazkur qaror bilan Milliy gvardiyaning Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda ushbu sport maktabi o‘quvchilari uchun zarur anjomlar, sport ekipirovkasi va formali kiyim-bosh bilan ta’minlash normativlari tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, sport maktabida o‘quvchi-sportchilarning kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat bo‘ladi hamda ta’lim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi.

Sport maktabiga 18 yosh va undan katta bo‘lgan sportchilar qabul qilinadi.

Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:

sport ustaligiga nomzoddan past bo‘lmagan sport toifasining mavjudligi;

kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo‘yicha sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallagan sovrinli o‘rinlarning (1—3-o‘rinlar) mavjudligi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют