» » Samarqandda hokim o‘rinbosari bozor hududidagi do‘konni buzishga buyruq berdi. 6 oy oldin ham shu do‘kon buzib tashlangandi

Samarqandda hokim o‘rinbosari bozor hududidagi do‘konni buzishga buyruq berdi. 6 oy oldin ham shu do‘kon buzib tashlangandi


Samarqand shahridagi “Samarqand Ipak yo‘li” MChJ (mahalliy tilda “Yangi bozor” deb ataladi) savdo majmuasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro ismi sir qolishini so‘rab “Daryo”ga murojaat qildi. Uning aytishicha, Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov tadbirkor shaxsiy mablag‘lari evaziga qurgan savdo do‘konini buzib tashlashga buyruq bergan.

— Ikkinchi marta qurgan savdo do‘konimni buzishga topshiriq berishdi. Dastlab 2018-yilning 6-iyul kuni qurilish ishlari bo‘yicha Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Bobur Elmurodov kelib hech qanday sababsiz do‘konimizni buzdirib tashladi, — deydi tadbirkor. — Keyin yana xarajat qilib qurdim. Endi viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov do‘konimni buzishni buyurdi. Prezident rahbarlardan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqning duosini olishni talab qilmoqda. Hokim o‘rinbosari esa davlat rahbari aytgan gaplarning teskarisini qilib, tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilmoqda. Hokim o‘rinbosarining bunday “o‘zim xon, ko‘lankam maydon” qabilida ish tutishi Prezident siyosatiga zid emasmi?

Tadbirkorning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, do‘konlarni qurish uchun shahar hokimligidan ruxsat olgan. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev mazkur holat bo‘yicha jurnalistik surishtiruv olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jamshid O‘roqov Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga 4 kun avval (2019-yil 13-yanvar kuni) tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatida tadbirkorlik subyektlari tomonidan duch kelinayotgan muammolar va turli to‘siqlarni tezkorlik bilan hal etish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Juma – tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilingan. Hal etilmagan har qanday muammoli masalalar bo‘yicha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov juma kunlari uchrashuv o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют