» » Qoraqalpogistonda 677 ta korxona QQS tolovchisi boldi

Qoraqalpogistonda 677 ta korxona QQS tolovchisi boldi


Qoraqalpogiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi tomonidan aylanmasi (tushumi) 1 milliard somdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tolashga otkazish yani QQS tolovchisi sifatida royxatdan otkazish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Qoraqalpogiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shobasi xabar berdi.

Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab umumbelgilangan soliq tartibidagi soliqlarni tolovchi korxonalar tomonidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi,qoshilgan qiymat soligi, aksiz soligi, yer qaridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus tolovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligi va yer soliqlarini tolashi shart ekanligi belgilab qoyildi.

Soliq tolovchilarni umumbelgilangan soliqlarni tolashga otishida qulayliklar yaratish maqsadida 1-yanvardan ikki yil muddatga yalpi tushumi 3 milliard somdan oshmagan yuridik shaxslar uchun qoshilgan qiymat soligini hisoblab chiqarish va tolashning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi.

Qoshilgan qiymat soligini hisoblab chiqarish va tolashning soddalashtirilgan tartibiga otish uchun soliq tolovchilar soliq boyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yalpi tushumi 2018-yil yakunlari boyicha 1 milliard somdan oshgan soliq tolovchilar joriy yilning 1-fevraliga qadar yalpi tushumi 1 milliard somdan oshgan soliq tolovchilar keyingi oyining 15-sanasidan kechiktirmasdan xabarnomalar taqdim etishlari lozim.

Qoraqalpogiston Respublikasi boyicha joriy yilning 1-yanvar holatiga 254 ta korxonalar tomonidan umumbelgilangan soliq turlarini tolab kelgan bolsa, joriy etilgan yangi soliq islohotlari bilan joriy yilning 1-yanvaridan boshlab 677 ta korxonalar qoshilgan qiymat soligi tolovchilari sifatida royxatdan otkazilib, ularga maxsus guvohnomalar tarqatildi.

Bundan tashqari, soliq organlaridagi mavjud malumotlar tahliliga kora, 2018-yil yakunlari boyicha tovar aylanmasi 1 milliard somdan oshgan qoshilgan qiymat soligi tolovchisi sifatida 502 ta korxona royxatdan otgazilgan bolib, qolgan xojalik yurituvchi subyektlarga huquqiy maslahatlar berib, royxatga olish ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-01-2019, 17:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -