» » Nurmagomedov Makgregor bilan revansh jangi o‘tkazishdan bosh tortdi

Nurmagomedov Makgregor bilan revansh jangi o‘tkazishdan bosh tortdi


MMA bo‘yicha jahon chempioni, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan revansh jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

“Nima uchun Konor bilan qayta jang qilishim kerak? So‘nggi jang oldidan u juda ko‘p gapirib yubordi. Ammo oktagonga chiqqanda uning qo‘lidan hech nima kelmadi”, — dedi Nurmagomedov.

12-yanvar kuni rossiyalik jangchi o‘zining Instagram sahifasida Makgregorni og‘riqli usulda yenggan holati tasvirlangan videoni joylashtirdi va  unga “hayotidagi sharmandali” voqeani yana bir bor yodiga soldi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Habib Konor bilan kechgan jangda g‘alaba qozondi. Jangdan so‘ng janjal yuzaga keldi. Natijada ikkala sportchi ham noma’lum muddatga diskvalifikatsiya qilindi va ular hozirda o‘z sanksiyasini kutmoqda.

Nurmagomedov MMA qoidalari bo‘yicha kechgan janglarda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Uning hisobida 27 ta g‘alaba mavjud.

Makgregor esa faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazib, 21 tasida g‘alaba qozongan va 4 marta mag‘lub bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют