» » BMT Janubiy Sudandagi ocharchilik oldini olish uchun 1,6 mlrd dollar ajratishni so‘ramoqda

BMT Janubiy Sudandagi ocharchilik oldini olish uchun 1,6 mlrd dollar ajratishni so‘ramoqda


Janubiy Sudandagi gumanitar vaziyat jadallik bilan yomonlashib bormoqda, respublikaning millionlab aholisini ochlikdan qutqarish uchun BMTga 1,6 milliard dollar zarur. Bu haqda tashkilot bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O’Brayen ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Janubiy Sudandagi ochlar soni 100 ming kishini tashkil etadi. Iyul oyiga kelib, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligini boshidan kechiradigan aholi soni 5,5 millionga yetadi.

“Bu vaqtga kelib, hosilsizlik davri endi boshlanadi, afsuski, vaziyat undan keyingi oylarda keskin yomonlashishi mumkin”, — deya ogohlantirdi O’Brayen.

“Bizning rejamiz bor, biz vaziyatga reaksiya ko‘rsatishni boshladik va ko‘proq kuch ishlatishga tayyormiz, ammo biz ko‘proq insonlarning hayotini qutqarish imkonini beruvchi mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishimiz kerak”, — deya ta’kidladi u.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют