» » Qirg‘izistonda eng uzun ismli yigit topildi

Qirg‘izistonda eng uzun ismli yigit topildi


Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Kara-kulja tumanining Kenesh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 18 yoshli yigitning ismi 17 ta harfdan tashkil topgan. Bu haqda “Turmush” agentligiga tayanib, Sputnik xabar qildi.

Yigitning ismi Ibrahimxalilulloh Janibek uulu. Hozir u O‘shda tahsil oladi. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, uning ismi Ibrohim payg‘ambar sharafiga qo‘yilgan. Yigitning o‘zi to‘liq ismini 16 yoshga to‘lib, pasport olmaguncha bilmagan.

“Shu paytgacha meni Ibrahim deb atashardi. Mening shunday uzun ismim borligini shaxsimni tasdiqlovchi hujjat olayotganimda bilganman. Hayratlanganimni yashirmayman. Shu paytgacha uncha qiziqib ko‘rmagandim. Avvaliga, albatta, biroz uyalardim, hozir esa g‘ururlanaman”, — deydi Ibrahim.

U biror joyda hujjat olmoqchi bo‘lsa, undan ismining qanday to‘g‘ri yozilishini qayta-qayta so‘rashlarini hikoya qiladi. Otasi esa o‘g‘lining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olayotganda, uning ismini o‘zi yozib qo‘yishiga to‘g‘ri kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют