» » Mo‘ynoq zamonaviy shaharchaga aylantiriladi

Mo‘ynoq zamonaviy shaharchaga aylantiriladi


Qoraqalpog‘iston Republikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Mo‘ynoq tumani barcha zaruriy infratuzilmaga, jumladan, innovatsion maktab, sport obyektlari, davolash-profilaktika muassasalari, zamonaviy aeroport, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar dam olish markazlari, “selfi obyekt”lari, optik tolali Internet tarmog‘i, IP-televideniyega ega bo‘lgan zamonaviy shaharchaga aylantiriladi.

Qaror bilan 2019–2021-yillarda Mo‘ynoq tumanini jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur, shuningdek sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-yanvarga qadar tumanda davlat ro‘yxatidan o‘tib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar quyidagilardan ozod etiladi:

yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovlaridan;

chetdan keltiriladigan qurilish materiallari bojxona to‘lovlaridan;

chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan.

Shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga olib kirilayotgan transport vositalaridan boj to‘lovlarini to‘lamasdan foydalanish huquqi berildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tumanning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tayyorlangan reklama mahsulotlarini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda namoyish etish bepul amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, tuman hokimiga 2022-yil 1-yanvargacha auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish huquqini 50 yil muddatga “nol” xarid qiymatida sotish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

Qaror bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2019–2020-yillarda jami 160 o‘rinli 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 200 o‘rinli 8 ta oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 315 o‘quvchiga mo‘ljallangan va dasturlashni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan innovatsion maktab, kamida 2 ming o‘rinli amfiteatr, yangi 42 ta ko‘p kvartirali uylar qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 75 ta istiqbolli investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют