» » “O‘zbekenergo” AJ: Elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash Respublika yagona markazi tashkil etiladi

“O‘zbekenergo” AJ: Elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash Respublika yagona markazi tashkil etiladi


Poytaxtda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda Janubiy Koreyaning KT Corporation kompaniyasi vitse-prezidenti Li Sang Ki ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Davlat rahbarining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish yuzasidan “O‘zbekenergo” AJ hamda Janubiy Koreyaning KT Corporation o‘rtasida bitim imzolandi.

Joriy yil 1-sentabrga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur Markaz elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.

– Markaz respublika bo‘yicha o‘rnatilgan elektron hisoblagichlardan iste’mol, tizimdagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari va hisoblagichlarning holati to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi hamda qayta ishlaydi, – deydi “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev. – Shuningdek, qayta ishlangan ma’lumotlar asosida tizimning va har bir tizimga ulangan hisoblagichlarning holati bo‘yicha operatorga hisobot  beradi. Bundan tashqari, transformatorlar kesimida tarmoqdagi yo‘qotishlar miqdorini tahlil qilish va me’yoridan ortiqcha yo‘qotishlar kuzatilganda hamda elektr hisoblagichga elektr ta’minoti korxonasi xabarisiz tashqi ta’sir ko‘rsatilganda operatorni xabardor qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat rahbarining 2018-yil 23-oktabrdagi qaroriga muvofiq, 2021-yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют