» » Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiali ochiladi

Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filiali ochiladi


Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filialini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, filial ilk talabalarni 2019/2020-o‘quv yilidayoq kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul qilishi lozim.

O‘quv muassasasining asosiy vazifalari — jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun ilg‘or xorijiy tajribaga mos keluvchi kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

Filialda o‘qitish Rossiya o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi. Bitiruvchilarga Rossiya namunasidagi diplom beriladi, u O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim hujjati deb tan olinadi.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining talabalari va bitiruvchilari orasida 172 nafar Olimpiada chempioni, Yevropa va jahon chempionlari bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют