» » Qarshida davlatlararo chegara masalalari bo‘yicha Turkmaniston vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Qarshida davlatlararo chegara masalalari bo‘yicha Turkmaniston vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi


2019-yilning 11—17-yanvar kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston –Turkmaniston davlat chegarasi demarkatsion loyiha chizig‘ining o‘tishi bo‘yicha tomonlarning takliflari muhokama qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston – Turkmaniston davlat chegarasida bajariladigan demarkatsion ishlar taqsimoti jadvali ko‘rib chiqilgan va kelishib olingan.

Muzokaralar an’anaviy do‘stlik va hamfikrlik ruhida o‘tib, uchrashuv yakuni bo‘yicha tegishli bayyonnoma imzolangan.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatning Turkmaniston bilan chegarasi uzunligi 1 ming 600 kilometrdan ortiqni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют