» » Ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasi loyihasiga kiritilgan investitsiyalar 50 mlrd dollardan oshdi

Ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasi loyihasiga kiritilgan investitsiyalar 50 mlrd dollardan oshdi


Ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasi (IYIM)ning turli loyihalariga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori 50 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Xitoy Taraqqiyot va islohot davlat qo‘mitasi rahbari Xe Lifen ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Xitoy (IYIM doirasida) infratuzilma va portlar qurilishi, shuningdek, temir yo‘llar yotqizish bo‘yicha loyihalarni taklif qiladi, ushbu tashabbuslar tegishli tarzda amalga oshirilmoqda”, — dedi u. “So‘nggi uch yildan ortiq vaqt ichida ularga 50 milliard dollardan ziyod sarmoya kiritildi. 2016-yilda kapital sarmoyalar 14 milliard dollarga teng bo‘ldi”, — dedi Xe Lifen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar doirasida Xitoy hamkorlik to‘g‘risidagi 50 dan ortiq kelishuvlarni imzoladi, ayni paytga qadar loyihada ishtirok etishi haqida 100 dan oshiq davlat va xalqaro tashkilotlar ma’lum qilgan.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют