» » Xorazmdagi 6 ta sud mahkamasida majlislar onlayn-translyatsiya rejimida olib borilmoqda

Xorazmdagi 6 ta sud mahkamasida majlislar onlayn-translyatsiya rejimida olib borilmoqda


Xorazm viloyatining jinoyat, ma’muriy va fuqarolik ishlari bo‘yicha 6 ta sudi zamonaviy audio-video uskunalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlanib, sud majlislari onlayn-translyatsiya rejimida olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudining raisi Oybek Mahmudovning aytishicha, 2018-yilning sentabr-noyabr oylari davomida o‘ndan ortiq jinoyat ishi onlayn-translatsiya qilingan.

Ko‘rilgan jinoyat ishlari asosan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini sotish hamda bezorilik bilan bog‘liq sodir qilingan jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ayni paytda bu kabi jarayonlar boshqa sudlarda ham davom etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, sudlar faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bilan birga fuqarolarning vaqti hamda mablag‘ini tejashga xizmat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют