» » O‘zbekistonda maxsus tergov xonalari joriy etilmoqda (foto)

O‘zbekistonda maxsus tergov xonalari joriy etilmoqda (foto)


Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan 7-sonli IIB jurnalistlarga namoyish etildi. Obyekt O‘zbekiston uchun noyobdir. Bu yerda bir yo‘la bir nechta favqulodda xizmat — o‘t o‘chirish, tibbiy xizmat, militsiya, qutqaruv va favqulodda holatlar xizmatlari birlashtirilgan, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Bundan tashqari, bo‘limda pasport tizimi xizmatlari ko‘rsatiladi, ruhshunoslarning butun bir shtati ishlamoqda. Asosiysi, bo‘limda guvohlar va jabrlanuvchilar tomonidan jinoyatchini xavfsiz tanish uchun ilk bor maxsus tergov xonalari paydo bo‘ldi.

Ilk innovatsion IIBning ikki qavatli binosi Yunusobodning 19-kvartalida joylashgan. Bo‘lim shu atrofdagi 7 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadi. Birinchi qavatda pasport bo‘limi joylashgan. Bu yerda ilk bor elektron navbat tizimi joriy etilgan.

7-son IIB ikkinchi qavatida tergovchilar xonasi, ruhshunos xonasi, bolalar xonasi, konferens-zal va maxsus tergov xonasi joylashgan. Jabrlanuvchi yoki guvoh jinoyatda gumonlanuvchini tanishda qoraytirilgan oynaning bu tomonida turib o‘zini xavfsiz his qilishi mumkin.

Toshkent IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yil yakuniga qadar shaharda ana shunday tergov xonalarining soni 40 taga yetkaziladi.

Yangi IIBda bir nechta ruhshunos ishlaydi, ularning barchasi ayollardir. IIBB rahbariyati fikricha, ayollarning o‘z muammolarini ayol-ruhshunoslarga so‘zlab berishi osonroq. Ular o‘zini qulay his qilishi uchun shu yerning o‘zida bolalar hududi jihozlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют