» » Buxoro shahridagi 4-maktabga nemis arbobi Iogann Kristof Fridrix fon Shiller nomi berildi

Buxoro shahridagi 4-maktabga nemis arbobi Iogann Kristof Fridrix fon Shiller nomi berildi


17-yanvar kuni Buxoro shahridagi 4-son nemis tili faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga nemis shoiri, faylasufi, san’atshunos va dramaturg, tarix fanlari professori hamda harbiy shifokor Iogann Kristof Fridrix fon Shiller nomi berildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Sarvar Boboxo‘jayev, O‘zbekistondagi Gyote Instituti filiali rahbari o‘rinbosari Dildora Muhamadaminova ishtirok etdi.

Ta’lim muassasasida tashkil etilgan tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 20—22-yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga amalga oshiradigan rasmiy tashrifi arafasida maktabga bunday nom berilishi davlatlar o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Fridrix Shillerning hayot yo‘li haqida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan bilan yaqindan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют