» » Surxondaryoda Cobalt’ni navbatsiz olib berish uchun 400 dollar olgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda Cobalt’ni navbatsiz olib berish uchun 400 dollar olgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.K. fuqaro O.dan Cobalt rusumli avtomashinani avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali navbatsiz olib berish evaziga 400 dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida ushlangan fuqaro Z.K.ning yonida 17850 dollari va 773000 so‘m pul mablag‘lari borligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan izoh so‘ralganda, 17850 dollarni Jarqo‘rg‘on tumani Dehqon bozori atrofida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi notanish shaxslardan har bir dollarni 8350 so‘mdan hisoblab, keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют