» » Qiziltepada 145 nafar noqonuniy tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirildi

Qiziltepada 145 nafar noqonuniy tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirildi


Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlari soliq va prokuratura organlari vakillari bilan hamkorlikda joylarda yakka tartibda shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga faoliyati yuzasidan huquqiy maslahatlar berish, ularning murojaatlariga yechim topishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qiziltepa tumanida 2018-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlikning u yoki bu turi bilan faoliyat ko‘rsatgan 145 nafar fuqaro aniqlangan va faoliyati qonuniylashtirilgan. Bu boradagi ishlar joriy yilda ham davom ettirilmoqda.

Qiziltepa tumani dehqon va buyum bozorlarida tegishli idoralar hamkorligida tashkil etilgan sayyor ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirida ham 49 nafar fuqaro yakka tartibda tadbirkorlik qilish uchun ruxsatnoma oldi.

Bozorda kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan Munisa Salimova ana shunday fuqarolardan biri. U uch oy davomida kitob sotish bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan. Tadbirkor shu kuni soliq, prokuratura xodimlari tomonidan berilgan huquqiy tushunchalar, tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari ko‘rsatgan sayyor xizmatdan mamnun bo‘ldi.

23 yildan buyon tadbirkorlik qilayotgan Nasiba Salimova ham 2019-yil boshida qayta ro‘yxatdan o‘tdi.

Tadbirkorlar soliq to‘lovlarining kamaygani bois, foydaning salmog‘i oshayotganidan xursand. Soliq yuki yengillashgani sabab, aholining ishsiz yurgan qatlami orasida yakka tartibda tadbirkorlik qilish istagi kuchaymoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют