» » Ispaniya Kubogi. “Barselona” yirik hisobda g’alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi

Ispaniya Kubogi. “Barselona” yirik hisobda g’alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi


17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi nimchorak finalining so‘nggi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Lionel Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi o‘z maydonida “Levante” jamoasini sinovdan o‘tkazdi. Kataloniyaliklar raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi.

Bellashuvning 30—31-daqiqalarida Usmon Dembele 2 ta gol urib, dublga erishgan bo‘lsa (2:0), 54-daqiqaga kelib Leo Messi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:0).

Shu tariqa “Barselona” “Levante” klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 1/4 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1/8 finali dastlabki o‘yinida Ernesto Valverde shogirdlari “Levante”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahslari

17-yanvar, payshanba

Gollar: 0:1 – 37 Kanales, 1:1 – 40 Subeldia, 2:1 – 62 Merino, 2:2 – 70 Moron.

Gollar: 1:0 – 34 Pyatti, 2:0 – 37 Iglesias, 2:1 – 42 Chukvueze, 3:1 – 74 Iglesias.

Gollar: 1:0 – 30 Dembele, 2:0 – 31 Dembele, 3:0 – 54 Messi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют