» » Toshkentda 1-fevraldan chiqindilarni tashib ketganlik uchun tariflar oshiriladi

Toshkentda 1-fevraldan chiqindilarni tashib ketganlik uchun tariflar oshiriladi


Toshkentda joriy yil 1-fevralidan aholi, tashkilot va korxonalar uchun qattiq maishiy chiqindi va axlatlarni olib ketish tariflari oshiriladi. Bu haqda “Maxsustrans”ga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

Qattiq maishiy chiqindi uchun yangi tariflar aholi uchun jon boshiga 4500 so‘mni tashkil etadi. Avval bu summa 3900 so‘mga teng edi.

Byudjet muassasalari va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun ushbu summa 1 kub metr uchun 53 986,56 so‘mdan iborat bo‘ldi. Oldingi summa 46 788 so‘mga teng bo‘lgan.

Korxona-tashkilotlardan axlatlar olib ketilganda endi 1 tonnasi uchun 20 174,12 so‘m (avval 17 484,22 so‘m) to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, poytaxtda oxirgi bor chiqindilarni tashib ketganlik uchun narxlar 2018-yil 1-aprelida oshirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют