» » A seriya. “Yuventus” ochko yo‘qotdi, “Roma” asosiy raqibi “Napoli”ga mag‘lub bo‘ldi. Milan klublari ko‘chasida esa bayram

A seriya. “Yuventus” ochko yo‘qotdi, “Roma” asosiy raqibi “Napoli”ga mag‘lub bo‘ldi. Milan klublari ko‘chasida esa bayram


Italiya A seriyasining 27-turiga kelib peshqadam “Yuventus” ochko yo‘qotdi.

Turin klubi bunga qadar ketma-ket 7 ta o‘yinda zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi. Bu safar esa “Udineze” maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

“Keksa senyora”ning ochko yo‘qotishidan “Roma” unumli foydalanib qolishi mumkin edi. Biroq Luchanno Spalleti jamoasi o‘z maydonida “Napoli”dan yengildi. Tomonlarning Neapolda kechgan birinchi uchrashuvida Rim klubi 3:1 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.

Milan klublari mazkur turda ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Ayni vaqtda har ikki klub hech bo‘lmaganda Yevropa ligasiga yo‘llanma beruvchi pog‘onalar uchun kurash olib bormoqda.

Qiziq tomoni, ligada yetakchi klublar sharafini himoya qilayotgan futbolchi emas, o‘rtamiyona “Torino” a’zosi Andrea Belotti 22 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turibdi. Edin Jeko va Gonsalo Iguain hisobida 18 tadan gol bor. Dris Mertens 17 ta gol urib ulgurgan.

Italiya A seriyasi
27-tur
4-mart, shanba

Gollar: Dris Mertens, 26 (0:1). Dris Mertens, 50 (0:2). Kevin Strotman, 89 (1:2).

Gollar: Brunu Fernandesh, 18 (1:0). Alberto Cherri, 32 (1:1). Fabio Kvalyarella, 58 (2:1). Patrik Shik, 68 (3:1).

Gollar: Karlos Bakka, 24 (1:0). Jonatan de Guzman, 43-pen (1:1). Karlos Bakka, 70 (2:1). Janluka Lapadula, 82-pen (3:1).
Noaniq penalti: Karlos Bakka, 45+3 (M).

5-mart, yakshanba

Gollar: Ivan Perishich, 34 (0:1). Ever Banega, 39 (0:2). Marko Borryello, 42 (1:2). Ivan Perishich, 47 (1:3). Mauro Ikardi, 67-pen (1:4). Roberto Galyardini, 88 (1:5).

Gollar: Andrea Rispoli, 30 (0:1). Andrea Belotti, 73 (1:1). Andrea Belotti, 76 (2:1). Andrea Belotti, 81 (3:1).
Chetlatish: Norbert Balog, 78 (P).

Gollar: Duvan Sapata, 37 (1:0). Leonardo Bonuchchi, 60 (1:1).

Gollar: Jyul-Olivye Ntcham, 89 (0:1). Oskar Xilyemark, 90+1 (0:2).

Gollar: Chiro Immobile, 9 (0:1). Chiro Immobile, 74 (0:2).

Опубликовано: admin (6-03-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют