» » Rossiyaga ishlashga ketgan o‘zbekistonliklar soni 2,6 mln kishini tashkil qildi

Rossiyaga ishlashga ketgan o‘zbekistonliklar soni 2,6 mln kishini tashkil qildi


16-yanvar kuni “Inson huquqlari va qonun ustuvorligi uchun hamkorlik: O‘zbekiston va Rossiya Ombudsman institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning gumanitar jihatlari” mavzuida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzoqov Rossiyaga ishlashga ketgan mehnat muhojirlari sonini e’lon qildi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

Vazirlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga ishlashga ketgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining soni 2 644 000 kishini tashkil qilgan. Shundan 360 000 nafari Mehnat vazirligining rasmiy yo‘llari orqali ketgan.

Bahodir Umurzoqovning aytishicha, mehnat muhojirlari ikkita toifaga bo‘linadi — rasmiy va norasmiy tartibda ketganlar.

Norasmiy tartibda ketgan muhojirlarning ahvoli havas qilgulik emas. Ular ijtimoiy kafolatlardan, pensiya va mehnat stajidan mahrum. Ularda odatda huquqiy muammolar va mehnat kelishmovchiliklari yuzaga keladi. Bu toifadagi muhojirlarning rus tilini bilmaganligi tegishli malakalar va ish haqi darajasi bilan o‘zlariga munosib ish topishga imkon bermaydi.

Mehnat vazirligi orqali Rossiyaga ketgan muhojirlar huquqiy sohada barcha ijtimoiy kafolatlar bilan ishonchli himoyalangan. Ular o‘zlarining ish staji, pensiyasi saqlanib qoladi va mehnat qonunchiligini ularga Rossiya fuqarolariga qo‘llanilganday qo‘llaniladi.

Odatda, ushbu toifadagi muhojirlar bir qator mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori razryadlarga ega. Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bunga respublikada yaratilgan 12 ta mutaxassislik bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha 16 ta markaz tashkil etilganidir. Bu yerda nomzodlarni Rossiyada ishlashga tayyorlash, rus tilida xizmat pog‘onasida ko‘tarilishiga yordam beradi.

Shartnoma tuzish mutaxassisni tanlagan rossiyalik ish beruvchi Rossiya Federatsiyasi mehnat qonunlariga muvofiq o‘zbekistonlik ishchiga nisbatan ham barcha majburiyatlarni bajarishi shart.

2019-yilning oxirigacha Mehnat vazirligi bunday markazlar sonini 50 taga, rasmiy mehnat muhojirlar sonini esa 600 mingga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Bahodir Umurzoqovning ta’kidlashicha, bugungi kunda Rossiya ish beruvchilari tomonidan mutaxassislarni tayyorlash sifati haqida hech qanday e’tirozlar bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют