» » Olimlar ilk bor inson qon tomirlarini o‘stirdi

Olimlar ilk bor inson qon tomirlarini o‘stirdi


Britaniyaning Kolumbiya Universiteti olimlari ilk bor Petri chashkasida ildiz hujayralaridan qon tomirlarini yetishtirdi. Bu haqda “TJournal” xabar berdi.

Bundan tashqari tomirlarni boshqa turdagi jonivorlarda ham o‘stirish mumkinligi aniqlangan. Tadqiqot guruhi rahbari Josef Penningerning aytishicha, qon aylanish tizimi inson organizmidagi har bir organ bilan bog‘liq. Shu sababli, tomirlarni yaratish imkoniyati ko‘plab yurak-qon tomir kasalliklarini davolash imkoniyatini ochishi mumkin.

Olimlar Petri chashkasida tomirlarni yetishtirgach, ularni tirik sichqonlarga ko‘chirib o‘tkazgan. Tez orada hujayralar faol qon tomirlariga aylangan. Bu ularning boshqa turdagi organizmlarda ham yetishtirish mumkin degan ma’noni anglatadi.

Tadqiqotchilar tomirlarni diabetga o‘xshash muhitga joylashtirgan. Tomirlar o‘zini qandli diabet bilan kasallangan odamga o‘xshab tuta boshlagan.

Odatda, diabet kasalliklarida bo‘lgan tomirlar vaqt o‘tishi bilan tiqilib qoladi va organlarga kislorod va boshqa ozuqa moddalarini samarali yetkazib berishga to‘sqinlik qiladi.

Oxir-oqibat bu buyrak yetishmovchiligi, insult va yurak xuruji kabi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Hozirda olimlar tomirlarni inson to‘qimalarida sinab ko‘rmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют