» » Erdo‘g‘on Germaniya siyosatini natsistlarnikiga qiyoslagach, germaniyalik siyosatchilar g‘azablandi

Erdo‘g‘on Germaniya siyosatini natsistlarnikiga qiyoslagach, germaniyalik siyosatchilar g‘azablandi


Germaniyalik siyosatchilar Turkiyaning Germaniyadagi siyosiy tashviqoti atrofidagi nizolar fonida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on keltirgan o‘xshatishdan g‘azablandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Adliya vaziri Xayko Mas Erdo‘g‘onning gaplarini “razil va nomaqbul” deb atadi hamda “ularni eng qat’iy tarzda rad etish”ga chaqirdi.

Xristian-sotsial ittifoq bosh kotibi Andreas Shoyyer “Bosforlik zolim yaramas va yanglish o‘xshatishni o‘ziga ep bilib, xato qilgani”ni ta’kidladi. Ushbu ittifoq rahbari o‘rinbosari Yuliya Klyokner esa Turkiya prezidenti kechirim so‘rashi kerakligini aytdi.

Nashr eslatishicha, Germaniyaning uchta shahri Turkiya vazirlarining tashviqot tadbirlarini o‘tkazishdan bosh tortgach, Erdo‘g‘on Germaniyaning Anqaraga nisbatan siyosatini millatchi-sotsialistlar siyosatiga qiyoslagan edi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют