» » O‘zbekistonda Birinchi Prezident Islom Karimovga xizmat ko‘rsatgan samolyot sotildi

O‘zbekistonda Birinchi Prezident Islom Karimovga xizmat ko‘rsatgan samolyot sotildi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bort raqami UK-80001 bo‘lgan British Aerospace Avro RJ85 samolyoti sotildi, deb xabar beradi Repost.

Aviakompaniyada bunday samolyotlardan uchta bor.

Qayd etilishicha, bort raqami UK-80001 bo‘lgan British Aerospace Avro RJ85 samolyoti ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab ya’ni 1997-yildan hisobdan chiqarilgunicha (2003) O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga xizmat ko‘rsatgan.

Samolyotdan Birinchi Prezidentning viloyatlarga va yaqin xorijiy mamlakatlarga safarlari uchun foydalanilgan.

Samolyot aviatsiya ishqibozlari orasida “tulki” yoki “malla qo‘ziqorin” deb atalgan.

Bort raqami UK-8002 va UK-80003 bo‘lgan yana ikkita samolyot ham sotuvga tayyor, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют