» » Olimlar Yerning Apofis asteroidi bilan to‘qnashish xavfidan ogohlantirdi

Olimlar Yerning Apofis asteroidi bilan to‘qnashish xavfidan ogohlantirdi


Apofis asteroidi 2068-yilda Yerga qulashi mumkin, deb xabar berdi “AiF.ru”.

Peterburg davlat universiteti osmon mexanikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan hisobotda ana shunday xulosaga kelingan.

Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2029-yilning 13-aprelida ushbu samoviy jismning Yer bilan o‘ta yaqinlashishi kuzatiladi. Ularning orasidagi masofa 38 ming kilometr bo‘ladi. Bu esa sayyoraga Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan o‘n baravar yaqinroq deganidir.

2068-yildagi to‘qnashish ehtimoliga qadar, hisob-kitoblarga ko‘ra 325 metr kattalikdagi Apofis asteroidi 2044-yilda Yerga 16 million, 2051-yilda 760 ming, 2060-yilda 5 million kilometrga yaqinlashadi.

Apofis asteroidi 2004-yilda aniqlangan hamda Qadimgi Misr jahl va buzg‘unchilik Xudosi sharafiga nomlangan.

Olimlarning qayd etishicha, 2029-yildagi yaqinlashuvdan so‘ng asteroid o‘z orbitasini o‘zgartirishi va keying qaytishida Yer bilan to‘qnashishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют