» » O‘zbekistonda “investitsiya vizasi” joriy etiladi

O‘zbekistonda “investitsiya vizasi” joriy etiladi


O‘zbekistonda “investitsiya vizasi” joriy etiladi. Bu “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

2019-yil 1-martdan boshlab:

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;

O‘zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;

O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют