» » 2019-yil 1-martdan boshlab nogironligi bo‘lgan bolalarning onalariga zarur staj bo‘lmasa ham nafaqa to‘lanadi

2019-yil 1-martdan boshlab nogironligi bo‘lgan bolalarning onalariga zarur staj bo‘lmasa ham nafaqa to‘lanadi


2019-yil 1-martdan boshlab bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga, ular pensiya yoshiga to‘lgandan so‘ng, agar ularda pensiya tayinlash uchun zarur staj mavjud bo‘lmasa, ijtimoiy nafaqa to‘lanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, o‘n olti yoshgacha davrdagi boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborda turishi kerakligi lozimligini qayd etgan edi.

“Ayni vaqtda nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, o‘n olti yoshgacha davrdagi boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborimizda turishi kerak.

Umrini nogiron farzandni parvarishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz. O‘ylaymanki, bu adolatdan bo‘ladi. Biz davlat bo‘lib bu onalarga e’tibor bermasak, bu noinsoflik bo‘ladi”, — degan edi prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 12:14)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют