» » Morgan Frimenning nevarasini o‘ldirgan qotil 20 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Morgan Frimenning nevarasini o‘ldirgan qotil 20 yil qamoq jazosiga hukm qilindi


Mashhur aktyor Morgan Frimenning asrab olingan nabirasining qotili Lamar Devenport AQSh sudi tomonidan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

33 yoshli Idina Xayns 2015-yilning 16-avgustida o‘zining Nyu-Yorkdagi uyi oldidan o‘lik holda topilgan.

Qizning yigit do‘sti Lamar Devenport unga pichoq bilan 25 marta tan jarohati yetkazgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashhur rep qo‘shiqchisi shu yo‘l bilan jabrlanuvchidan shaytonni quvishga urungan.

Dastlab Devenport qasddan qotillikda ayblangan. Biroq, sudlanuvchining advokatlari sudni uning narkotik ta’sirida bo‘lganiga ishontirdi. Natijada, ayblov biroz yumshatilgan tarzda — qasddan bo‘lmagan qotillikka aylantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 23) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют