» » Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shveysariyada muzlatilgan pullarning bir qismiga da’vogarlik qilmoqda

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shveysariyada muzlatilgan pullarning bir qismiga da’vogarlik qilmoqda


AQSh fuqarosi va Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy O‘zbekiston Bironchi Prezidentining Shveysariya banklaridagi muzlatilgan pullarining bir qismiga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda Shveysariyaning Der Bund gazetasiga asoslanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mansur Maqsudiy o‘z akasi Farid bilan Shveysariya bosh prokuraturasi tomonidan 2012-yilda Gulnora Karimova va boshqa bir guruh shaxslarning pul yuvishda ayblangani ortidan muzlatib qo‘yilgan 800 million frankdan 100 millioniga da’vo qilmoqda.

Gulnora Karimova Mansur Maqsudiyga 1991-yilda turmushga chiqqan. Ular 2001-yilda ajrashgan.

“Ajrashish chog‘ida Mansur va Faridning O‘zbekistondagi barcha mol-mulki olib qo‘yilgan. Ularning Coca-Cola Bottlers Uzbekistan kompaniyasidagi ulushi vositachi firma orqali Shveysariyaning Zeromax kompaniyasiga o‘tkazib yuborilgan”, — deyiladi Der Bund xabarida.

Mansur Maqsudiy nashrga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan:

“Mening oilam bu o‘g‘rilik jazosiz qoldirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu ishga aloqador hammaga, jumladan ozgina aloqasi bor insonlarga ham endi qiyin bo‘ladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют