» » Toshkentda soxta ma’lumotnoma orqali 35 500 dollar o‘zlashtirildi

Toshkentda soxta ma’lumotnoma orqali 35 500 dollar o‘zlashtirildi


2019-yilning 17-yanvar kuni Toshkent shahar Yashnobod tuman Ichki ishlar boshqarmasiga firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq hujjatlar to‘plami kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilning 18-may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Hamza ko‘chasida yashovchi U.Z. Yashnobod tumanida yashovchi R.X.ga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

Keyinroq u R.X.ga “Samira Ziyo Nur” MChJ ta’sischilari tarkibiga kiritilganligi haqida qalbaki ma’lumotnomani ko‘rsatish orqali undan 35 500 dollar olib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.Z. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют