» » Gujaratda O‘zbekiston — Hindiston ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

Gujaratda O‘zbekiston — Hindiston ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi


Hindistonning Gujarat shtati, Ahmadobod shahrida O‘zbekiston — Hindiston ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.

Majlisda tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, elektroenergetika, qurilish, kimyo, yengil sanoat, turizm va mehmonxona biznesi bo‘yicha ish olib boradigan hind ishbilarmonlari bilan O‘zbekiston biznes tashkilotlari ochiq muloqotga kirishdi.

— O‘zbekiston — Hindiston ishbilarmonlar kengashi mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida tuzilgan, — dedi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov. — Majlisda farmatsevtika, to‘qimachilik, xizmat ko‘rsatish, logistika va investitsiya yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Hindiston sanoat konfederatsiyasi va hind tadbirkorlari yurtimizga biznes delegatsiyalarini yuborishini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda Hindiston sanoat konfederatsiyasining doimiy ishlaydigan ofisini ochish, oktyabr oyida ikkinchi majlisni o‘tkazishga kelishib oldik.

Andijon viloyati va Gujarat shtati o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik oliy darajadagi muzokaralar mahsulidir. Andijon viloyatida hind sarmoyadorlari ishtirokida jami 206 million dollarga teng loyihalar ustida ish boshlangan. Shulardan 6 tasi farmatsevtika sohasiga tegishli, yana 3 ta korxona bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu loyihalar “Andijon-farm” O‘zbekiston — Hindiston erkin farmatsevtika zonasida amalga oshiriladi.

Tadbir yakunida Ishbilarmonlar kengashining keyingi majlisini Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shu kuni Gandinagar shahrida “Jo‘shqin Gujarat” sammiti doirasida xalqaro savdo ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston, Kanada, Fransiya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya davlatlari ctendlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma maydonlarida aerokosmos va mudofaa, agrosanoat, biotexnologiya, kimyo va yoqilg‘i kimyosi, butlovchi qismlar, elektronika, ekologiya, qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va megaloyihalar, farmatsevtika kabi 25 ta sektor bo‘yicha xalqaro va mahalliy stendlar o‘rnatilgan. Ko‘rgazmada jahon sanoatining ilg‘or brendlari yangi mahsulot va ishlanmalarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tashrif buyurdi. Bosh vazir xalqaro pavilonlarni ko‘zdan kechirish asnosida O‘zbekiston stendi bilan ham tanishdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, hunarmandlik, axborot texnologiyalari kabi yetakchi tarmoqlari mahsulotlari Hindiston ishbilarmon doiralarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Uning doirasida o‘zaro manfaatli ko‘plab kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют